Bosh sahifa » 2016 » Noyabr » 12 » Oddiy o'qituvchi
08:42
Oddiy o'qituvchi

O'qituvchi o'ziga mansab pog'onalarini qurmaydi. U maktabga o'qituvchi bo'lib keladi va uni shu nom bilan dafn qilishadi..., nomining oldiga pensioner so'zini qo'shib.

U - aktyor, lekin uning tinglovchilari va tomoshabinlari uni olqishlashmaydi.

U - shifokor, lekin uning bemorlari juda kam hollarda undan minnatdor bo'lishadi, hattoki, har doim ham davolanishni xohlashmaydi.

U har kungi ilhom uchun kuchni qayerdan oladi? Faqatgina o'zidan, o'z ishining buyukligini xis qilganligidan. Va faqatgina jamiyatning qo'llab-quvvatlashidan, unga - o'qituvchiga bo'lgan hurmatidan oladi kuch.

Har kuni ish reja, jurnal, yo'qlamalar, ota-onalar, metodik tekshiruvlar, inspektor, o'qituvchilar xonasidagi mayda gaplar va hokazolar... uni to'kib boradi. Unga esa bularning hammasini sinf xonasi ostonasida qoldirib, o'quvchilari oldiga ko'tarinki ruhda kirishi lozim bo'ladi.

Simon Soloveychik

Abadiy quvonch. Hayot va maktab lavhalari

Ko'rilgan: 1449 | Kiritgan: Mavjuda | Teglar: Kuni, o'quvchi, o'qituvchi, fidoyi, Ustoz | Reyting: 5.0/1
Barcha fikrlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *: