Sayt haqida ma’lumot

Assalomu alaykum aziz sayt foydalanuvchilari! Saytimizga tashrifingizdan g'oyatda mamnunman.

Mazkur sayt 2011 yil 26 dekabr kuni tashkil etilgan. 

Ushbu sayt xukumatimiz tomonidan yuritilayotgan oqilona siyosat natijasi o'laroq yurtimizda, xususan bizning maktabimizda fan va ta’lim jarayonida olib borilayotgan ishlar haqida oz bo’lsa ham ma'lumot berishni nazarda tutgan holda tuzilgan. 
Saytning mazmuni mohiyati avvalam bor ona tili va adabiyoti, o’zbek tili fani haqida, keyin turli mazmundagi mavzularni yoritishdan iboratdir. 
Asosiy maqsad ta’lim jarayonida bilim samaradorligini oshirishga qaratiladi. 
Bilim samadorligini oshirish va har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashni ko’zlagan barcha yurtdoshlarimizni bahs muzokaraga taklif qilamiz. 
Bu saytda siz ona tili va adabiyot, o’zbek tili faniga oid dars ishlanmalari, test topshiriqlari, tadbirlar senariysi, tadbir foto jamlanmalari,interaktiv o’yinlar, ish rejalari hamda fanga oid ma’lumotlar va foto suratlarni yuklab olishingiz mumkun. Sayt haqida fikringizni bosh sahifa menyusidagi "Mehmonlar kitobi” ga qoldirishingiz mumkin. 
Quyida e’tiboringizga mazkur web-sahifaning bo’limlari haqida ma’lumot taqdim etishni lozim topdim. 
Bosh sahifa-bu bo’limda har kungi e’tiborga loyiq bo’lgan yangiliklarni o’qishingiz mumkin! Bundan tashqari Fotogalereyada o’quv va tadbir jarayonidagi hamda alloma, yozuvchilarimizning suratlarini ko’rishingiz mumkin! 
Fayllar javoni -bu bo’limda "Dars ishlanmalari”, "Krossvordlar”, "Senariylar” jamlangan. 
Maqolalar javoni – bu bo’limda yangi kitoblar va fanga oid maqolalarni yoritib borish maqsad qilingan.
Blog – bu bo’limda fanga oid o’zingizni qiziqtirgan mavzu, muammo yoki uslublarni birga muhokama qilishingiz va fikrlaringiz bilan o’rtoqlashishingiz mumkin.
Forum- bu yerda fanga, ona-tili va adabiyot, san’atga oid shaxsiy qiziqishlaringiz bo’yicha forum bo’limlariga a’zo bo’lishingiz, o’z ma’lumotlaringiz, ijod mahsulingizni jo’ylashingiz, ularni sayt a’zolari va boshqa hamkasblar bilan o’rtoqlashishingiz mumkin.  
Fotojamlanma -bo’limida tariximizda o’z izini qoldirgan buyuk siymolar fotoishlanmalari va shu bilan birga maktabimizdagi dars jarayoni hamda tadbirlar suratlari bilan tanishishingiz mumkin.
Mehmonlar kitobi-bo’limida sayt haqidagi fikirlaringiz va yana fanga, o’quv jarayoniga oid sizni qiziqtirgan qanday ma’lumotlar berilishini istashingiz to’g’risidagi takliflaringizni qoldirishingiz mumkin!

Biz bilan bog'lanish- berilgan bog’lanish formulari orqali siz menga tezkor maktub jo’natishingiz va o’zingizni talab va istaklaringizni qoldirishingiz mumkin.

Saytimizga yana bir bor xush kelibsiz!

Unutmang, sizning tashrifingiz bizni doim xushnud etadi.

 

© Qahhorova Mavjuda, Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani 223-maktab o'qituvchisi