Bosh sahifa » 2015 » Oktabr » 21 » O'g'lim chapaqay. Maslahatingizga muhtojman
07:02
O'g'lim chapaqay. Maslahatingizga muhtojman
 

Ассалому алайкум Мавжуда опа.Мени углим 1-синфни тугатди. Ч а п а к а й!!! Хозир мен уни унг кул билан езишга мажбурламокдаман сабаби чап кул билан езса ургатолмайман.Нигохимни олиб кочсам дархол чап кулга утиб олади.Харфларни танийди,лекин бир-бирига кушолмайди.Тугри киляпманми.Жавобингизни интизорлик билан кутаман.

Chapaqaylik nima, uni qayta tayyorlash mumkinmi?

“Chapaqay” bu odatiy harakatlarni chap qo'li bilan bajarishga odatlangan odam, buning aksi esa “o’naqay”. Chapaqay odamlar insonlar orasida taxminan 15% ni tashkil etadi, ya’ni har yetti kishining biri chapaqay hisoblanadi.

Chapaqay bo'lgan odam, shaxsiy ehtiyojlari uchun asosan o'ng qo’lidan ko’ra ko'proq tez-tez chap qo'lidan foydalanadi. Masalan, ovqat pishirish va shunga o'xshash holatlar uchun chap qo'lidan ko’p foydalanadi. Xat yozishda ishlatiladigan qo’l insonni aniq chapaqay yoki o’naqay ekanligiga dalolat bermaydi. Chunki, ko’p chapaqay odamlar yozishda o’ng qo’lini ishlatib, qolgan amallarni bajarishda chap qo'lidan foydalanishadi.

1977 yilda o’rta yoshdagi aholining qariyb 8 – 15 % i chapaqay ekanligi aniqlangan. Tadqiqotlar chapaqaylar ayollardan ko’ra erkaklarda ko’proq uchrashini ko'rsatadi.

Statistika ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda dunyoda 500 million chapaqay aholi istiqomat qiladi. Evropada tug'ilgan bolalarni o'n foiz chapaqay bo’lib ular sabrsiz, ko'p shovqin soluvchi, lekin bolalikda ular chiqishuvchan, dilkash suhbatdoshdirlar. Chapaqaylar ko’pincha kasblardan san'atkorlik, rassomlik, yozuvchilikni tanlashadi. Chapaqaylar qilichbozlikda, stol tennisida ko’p qadrlanishadi. Shunday qilib, dunyoda 2014 yilning oktyabr oyi statistikasiga ko'ra ellikta eng yaxshi tennischilarning yigirmatasi chapaqaylardir.

Chapaqaylikning sabablari

Dominant qo'l

* Inson biror jiddiy sabab bilan majburiy chap qo’lini ishlatishi mumkin, masalan kasallik yoki tug'ilish paytidagi travma natijasida miya chap yarim sharining zararlanishi natijasida.

* O'ng qo'lning uzoq muddatli jiddiy shikastlanishi natijasida vaqtincha chap qo’lga odatlanish keyinchalik uni doimiyligiga olib kelishi mumkin. Bunday jiddiy jarohati oxirgi 6 oy yoki undan ko'p bo’lgan vaqtlarda.

* Testosteron: bir nazariyaga ko’ra, tug'ilishdan oldin testosteronning yuqori dozalarda qabul qilish xomilaga ta'sir qilib, uning oqibatida bola chapaqay bo’lib tug’ilgan bo’lishi mukinligini ko’rsatgan.

* Ultratovush nazariyasi: tug'ilmagan bolalarni ultratovush bilan tekshirish paytida ultratovush bola miyasiga ta'sir qilishi mumkin, bu mashhur nazariya hisoblanadi. Bu chapaqaylik rivojlanishiga olib kelishi mumkin deb ishoniladi. Bu nazariya bir necha tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. Biroq, keyinchalik boshqa maqolalarida, mualliflar dallillar ultratovush ta'siri bo'yicha xulosa qilish uchun yetarli emas degan xulosaga kelishgan va bu bog’liqliklar tasodifiy bo'lishi mumkin degan xulosani berishgan.

 

Endi asosiy maslaga qaytsak, chapaqay o’quvchini o’ng qo’lga o’rgatish mumkinmi, ya’ni uni qayta tayyorlash qanday bo’ladi?

Zamonaviy jamiyatda, buning uchun qat’iy standartlashtirish va intizomga e'tiborni erta bosqichlarida qaratishga harakat qilingan. Bu usulga ko’ra har qanday chetlanish kuchli bosim va yoki jamiyat izolyatsiyasi orqali tuzatishga harakat qilingan. Chapaqaylik bu normadan chetlanish sifatida qaralgan va ko’p davlatlarda chapaqaylar yoshligidan majburan qayta tarbiyalangan (odatda u birinchi navbatda, yozish va ovqatlanish anjomlaridan foydalanishda o'ng qo'ldan majburiy foydalanishga asoslangan). Asta-sekin bu yondashuv behudaligini va hattoki ziyon ekanligini qayd etishgan va bu qayta tarbiyalash yoki tayyorlashni tark etilgan.

Sobiq ittifoq davrida chapaqaylikni qayta tarbiyalash uchun ommaviy kurashilgan paytlar bo’lgan. Biroq, bu chapaqaylikni qayta tayyorlash tajribasi bolalarning ruhiy va jismoniy salomatliklarining jiddiy yomonlashuviga olib kelgan. Bu holat Chuprikova A.P. tomonidan "dekstrastress", deyiladi. Dekstrastress - (. Yunoncha o'ng demakdir) chapaqay bo'la (levolateralnym)ligida bosim ostida o'ng qo'lga o'rgatilgan odamning chuqur psixofiziologik bosim ostida qolishidir. Bu yorqin holda chapaqay bollarni majburan o’ng qo’lda yozishga undash holida kuzatiladi. Natijada, bola salomatligida ma’lum bir buzilishlar bo'ladi: turli asabiy va nevroz kabi xolatlar (ruhiy tushkunlik, qo'rquv, tungi siydik tutolmaslik, duduqlanish, va hokazo) paydo bo’ladi, yashirin perinatal hipoksik ensefalopatiya latent ta'siri zo'rayishi, hatto epilepsiyagacha holat kuzatiladi.

1985 yilda sobiq ittifoq sog'liqni saqlash vazirligi, 1986 yilda sog'liqni saqlash va ta'limi vazirligi, sobiq ittifoqda chapaqay yozuvchi va chapaqay bolalarni qo'llab-quvvatlovchi rasmiy hujjatlarni qabul qildi.

Bugungi kunda, barcha MDH davlatlari yuqoridagi hujjatlarning asosiy qoidalariga amal qilishlari sezilarli darajada oshdi (3-4% dan 8-12% gacha) va shunday qilib, MDH mamlakatlari ham chapaqaylarni qo’llab quvvatlash butun dunyo harakatiga qo'shilishdi.

Ba'zi tadqiqotlarda chapaqaylik va texnik qobiliyatlari / aql o'rtasida kichik ijobiy munosabatlarni ko'rsatgan.

Chris McManus o’z kitobida chap qo'l va chapaqay odamlar orasida yuqori darajada muvaffaqiyatli talabalar bor, deb bahs yuritadi. U chap-qo'l miyalari boshqacha tuzilgan va fikrlash doira qobiliyatini uzaytiradi, va chapaqaylikka javobgar genlar ham miyaning nutq markazlari rivojlanishini nazorat qiladi deb aytadi.

Demak, xulosa qilib aytadigan bo’lsak, chapaqay bolangizni chapaqay ekanligiga to’la ishonch hosil qilgan bo’lsangiz uni ortiqcha bosim ostida o’ng qo’lda yozishga o’rgatishga urinmang. Bu bolada tabiiy jarayonni tushunmaslikka olib kelishi va uni ilm o’rganishidan bezishiga, jamiyatdan chetlashishiga olib kelishi mumkin.

 

Ko'rilgan: 1642 | Kiritgan: Mavjuda | Teglar: chapaqay, yozuv, chap qo'l, чапақай, tarbiya | Reyting: 5.0/1
Barcha fikrlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *: