[ Yangi xabar · Qatnashchilar · Forum qoidasi · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Forum kategoriyasi » Sayt forumi » O'zimiz ijod qilamiz! (O'quvchilarimiz, farzandlarimiz ijod maxsullari)
O'zimiz ijod qilamiz!
MavjudaДата: Shanba, 24.05.2014, 18:34 | Сообщение # 1
Sayt egasi
Группа: Администраторы
Сообщений: 4
Репутация: 50
Статус: Offline
Ijodkorlik inson farzandi uchun hos hislatdir. Donishmandlardan biri: ”Iqtidor ham huddi mushaklar singari tinimsiz mehnat va mashq tufayli o'sadi” – deganida qanchalar haq edi. Shunday ekan, o'quvchilarimizdagi va farzandlarimizdagi iqtidorni o'stirish uchun birgalikda xarakat qilsak, maqsadga yanada oson va tezlikda erishishimiz mumkin.
 
MavjudaДата: Dushanba, 22.09.2014, 14:51 | Сообщение # 2
Sayt egasi
Группа: Администраторы
Сообщений: 4
Репутация: 50
Статус: Offline
Aziz ustozim!

Jajji qo’llarimga ilk dam,
Asta ushlatdingiz qalam.
Dunyoni olib bersam kam,
Sizga, aziz Ustozim.

Har lahza berdingiz ta’lim,
Ko’p ranjitdisizni balkim.
Bugun ta’zimdadir qalbim,
Sizga, aziz Ustozim.

Ba’zan aytardingiz ertak,
Qilardik ko’p ezgu tilak.
Yashashni o’rgandi yurak,
Sizdan, aziz Ustozim.

Ba’zan otdik qalbizga tosh,
Kechiring, biz edik bebosh.
Har gal bo’loldingiz sirdosh,
Bizga, aziz Ustozim.

Yuragingiz mehrga kon,
Ko’zlaringiz tiniq osmon.
Ayrilmoq emasdir oson,
Sizdan, aziz Ustozim.

Birinchi qo’ng’iroq va kuz,
Endi ortga qaytmas, afsus.
Zinhor ko’rmay, g'amgin-mayus
Sizni, aziz Ustozim.

Yillar ham o’tdi bir pastda,
Qo’ng’iroq chalinar asta.
Ko’zda yosh, qo’lda guldasta,
Sizga, aziz Ustozim.

Katta bo’layin deb tezroq,
Umiq bilan kundik, biroq…
Sog’inyapman hozirdanoq,
Sizni, aziz Ustozim!

Normuhammedova Gulbahor
 
MavjudaДата: Dushanba, 22.09.2014, 15:00 | Сообщение # 3
Sayt egasi
Группа: Администраторы
Сообщений: 4
Репутация: 50
Статус: Offline
Bitiruvchi sinf o’quvchilari.

Kecha quvonch ila qo’ygandi qadam,
Bugunchi mehmon u, ko’zlarida nam.
O’ktam o’g’lonlar-u, qoshlari qalam,
Bitiruvchi sinf o’quvchilari.

Ustozlari baxtiga duo qilgan
Odob nasixatni quloqqa ilgan.
Maktabining qadrini endi bilgan,
Bitiruvchi sinf o’quvchilari.

Shirin hotiralar qolmoqda faqat.
Kimgadir nasib bo’ldi sof muhabbat.
Bu damlarni esda saqlar to abad,
Bitiruvchi sinf o’quvchilari.

Endi ko’zlar, endi so’zlar aldamas,
Endi vaqt ham, hattoki joy tanlamas.
Bir-biridan ayrilishni istamas.
Bitiruvchi sinf o’quvchilari.

Keng hovlida maktab binosi turar.
Kim ulgurmas, yana kimdir ulgurar.
So’ngi bora bir ko’ray deb yugurar.
Bitiruvchi sinf o’quvchilari.

Bolalik ham o’tib ketmoqda bebosh,
Vaqt to’xtamas nega buncha bag’ri tosh?!
Ayriliqdan ko’zda qalqib turar yosh,
Bitiruvchi sinf o’quvchilari.

So’ngi bor chalinar, so’ngi qo’ng’iroq,
Endi kim hursand-u, kim uyar qovoq.
Ayrilmaymiz deb ont icharlar, BIROQ,
Bitiruvchi sinf o’quvchilari.

Normuhammedova Gulbahor
 
MavjudaДата: Dushanba, 22.09.2014, 15:08 | Сообщение # 4
Sayt egasi
Группа: Администраторы
Сообщений: 4
Репутация: 50
Статус: Offline
Birinchi ustozim

Вакти келди - бизлар полопон,
Учмокка шай турибмиз каранг.
Улгайдик-да, дилда хаяжон,
Орзумиз хам бугун ранг-баранг.

Устоз, сизга мехримиз буюк,
Гарчи турт йил бермадик тиним.
Сизни жондан курамиз суюк,
Бизла доим сиз берган билим.

Навоий хам устозлар хакда,
Берган экан улуг бир таъриф.
Билим хаккин тилло-зар билан,
Булмас экан асло кайтариб.

Устоз бизга тилангиз ок-йул,
Йулларимиз булсин чарогон.
Келгусида бизлар - киз, угил,
Олиб келсин сизга шараф-шон.

Сурайёдир сизни исмингиз,
Ярашади кулиб турсангиз.
Доим соглом булсин жисмингиз,
Муборак ёшларга кирсангиз.

Сизга ёкди, балки ёкмади,
Жо айладим мехрим шеърима.
Шаънингизга ушбуни битган,
Укувчи кизингиз Муслима.

Saxobataliyeva Muslima Nodirali qizi
 
Форум » Forum kategoriyasi » Sayt forumi » O'zimiz ijod qilamiz! (O'quvchilarimiz, farzandlarimiz ijod maxsullari)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск: