Aziz ustozim!
Jajji qo’llarimga ilk dam,
Asta ushlatdingiz qalam.
Dunyoni olib bersam kam,
Sizga, aziz Ustozim.
Har lahza berdingiz ta’lim,
Ko’p ranjitdisizni balkim.
Bugun ta’zimdadir qalbim,
Sizga, aziz Ustozim.
Ba’zan aytardingiz ertak,
Qilardik ko’p ezgu tilak.
Yashashni o’rgandi yurak,
Sizdan, aziz Ustozim.
Ba’zan otdik qalbizga tosh,
Kechiring, biz edik bebosh.
Har gal bo’loldingiz sirdosh,
Bizga, aziz Ustozim.
Yuragingiz mehrga kon,
Ko’zlaringiz tiniq osmon.
Ayrilmoq emasdir oson,
Sizdan, aziz Ustozim.
Birinchi qo’ng’iroq va kuz,
Endi ortga qaytmas, afsus.
Zinhor ko’rmay, g'amgin-mayus
Sizni, aziz Ustozim.
Yillar ham o’tdi bir pastda,
Qo’ng’iroq chalinar asta.
Ko’zda yosh, qo’lda guldasta,
Sizga, aziz Ustozim.
Katta bo’layin deb tezroq,
Umiq bilan kundik, biroq…
Sog’inyapman hozirdanoq,
Sizni, aziz Ustozim!
Normuhammedova Gulbahor