Bosh sahifa » 2012 » Avgust » 24 » Mustaqillikning 21 yilligi bailan barchangizni muborakbod etaman!
21:25
Mustaqillikning 21 yilligi bailan barchangizni muborakbod etaman!

Qadrli yurtdoshlar, hamkasblar, aka-uka, opa-singillar!

Sizlarni eng ulug' va ardoqli bayramimiz - Vatanimiz mustaqilligining 21 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. 
Mustaqillik bayramining millatimiz uchun ahamiyati yildan-yil o'zining yangi qirralarini ochmoqda. Vatan tushunchasi har bir inson uchun ona kabi muqaddas tushunchadir. O'z navbatida ona uchun bolasi qancha aziz bo'lsa, Vatan uchun ham farzandi shunchalik qadrli. "Vatan-beshikdan boshlanadi” deydi dono xalqimiz. Har bir oila Vatan atalmish go’shaning ajralmas qismidir. 
Shu sababdan Muhtaram Prezidentimiz qarorida bu yil "Mustahkam oila yili” - degan purma'no haqiqatni anglatuvchi so'zlar bilan ifodalangan. 
Men shu mustaqil yurt farzandi, uning yosh avlodini tarbiyalashday mas’uliyatli kasbda ishlayotgan fuqorosi sifatida buyuk bayramimiz – mustaqillik kuni munosabati bilan barchangizni yana bir bor qizg'in tabriklayman.
Tinch-osoyishtalik va fayz-baraka hech qachon yurtimizni, xonadonlarimizni tark etmasin. Ezgu ishlarimizda Yaratganning o'zi bizni doim qo'llab-quvvatlasin. Mustaqillik abadiy bo'lsin!


Ko'rilgan: 2501 | Kiritgan: Mavjuda | Reyting: 5.0/1
Barcha fikrlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *: